TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Surxondaryoda o‘quvchi qiz zo‘rlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda o‘quvchi qiz zo‘rlangani va zo‘ravonga nisbatan 14 oydan beri hech qanday chora ko‘rilmayotganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgan edi.
Rasmiylar holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.
Hozirda Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (Nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Ish doirasida mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu ish Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingani xabar qilingan edi.