O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda - MQKQ

Sputnik
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Joriy yilning mart-aprel oylarida O‘zbekistonda kungaboqar va paxta yog‘lari narxlari keskin oshdi. Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishini tahlil qilib bormoqda.
O‘zbekistonda yanada ko‘proq o‘simlik yog‘i ishlab chiqariladi
Xabarda keltirilishicha, respublika bo‘yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i talab etiladi.
2020 yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan.
Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etgan.
Rossiyada kungaboqar yog‘ining narxi keskin ko‘tarildi
O‘z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham ma’lum bo‘lgan.
Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rayotgani ma’lum qilinmoqda.