Bloomberg boy va qashshoq davlatlarda emlash tezligini solishtirdi

Boy davlatlarda barcha fuqarolarni bir necha marta emlashga yetadigan miqdorda vaksinalarni sotib olish tendensiyasi saqlanib qolmoqda
Sputnik
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar ulushi besh foizga yaqinni tashkil qilmoqda, ammo vaksinalarning kattagina qismini boy davlatlar olgan, deb xabar qildi Bloomberg.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, emlash ishlarining umumiy miqdoridan 40%i 27ta o‘ziga to‘q davlatlarda amalga oshirilgan. Bu davlatlar umumiy aholisi dunyo ahlining 11 foizini tashkil etadi.
Shu bilan birga, qashshoq davlatlarda vaksina olish ko‘rsatkichi umumiy miqdordan 1,6%ni tashkil qiladi.
Shu tarzda, qashshoq mamlakatlar aholisi 25-marta sekinroq emlanmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida emlash ishlari emlanish ko‘rsatkichining 24 foizini tashkil qilgan, Shtatlarda Yer aholisining 4,3 foizi istiqomat qiladi.
O‘zbekistonda vaksina olgan fuqarolar soni 100 mingdan oshdi
Masalan, Pokistonda o‘z navbatida insoniyatning 2,7% yashaydi. Ammo u yerda vaksinalash ulushi jahondagi ko‘rsatkich bilan solishtirganda atigi 0,1% ni tashkil etmoqda. Boy davlatlarda barcha fuqarolarni bir necha marta emlashga yetadigan miqdorda vaksinalarni sotib olish tendensiyasi saqlanib qolmoqda, deya aniqlik kiritadi agentlik.
Pandemiya Yevropa uchun ideal shtormga aylanmoqda
Afrika eng kambag‘al mintaqa bo‘lgani holda, u yerda COVID-19ga qarshi emlanish ko‘rsatkichi eng pastdir. 54ta davlatdan faqat uchtasida 1%dan ko‘p aholi emlangan, 20ta davlatda esa koronavirusga qarshi vaksinalash kampaniyalari hali boshlanmagan.