Putin limuzini, ajdar-traktor va mo‘’jizaviy-teleskop: "Innoprom"dagi noyob eksponatlar

Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan "Innoprom" sanoat haftaligida million dollarlik shartnomalar imzolandi va u ishbilarmonlar uchrashgan eng yirik tadbirlardan biri sifatida yodda qoldi. Ammo biznes va sanoatdan yiroq bo‘lgan insonlar uchun ham ko‘rgazma juda qiziqarli kechdi.
Sputnik
Sputnik O‘zbekiston muxbiri eng qiziqarli stendlardan reportaj tayyorladi.

Yangilangan "K-700" — traktorlar ichida ajdaho

K-700 M traktorining yangilangan modeli — qishloq xo‘jaligi frontining afsonaviy jangchilaridan biridir. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, ko‘rgazmaning uch kunida ham butun dunyoga mashhur "Kirovchi" erkaklar bilan bir qatorda ayollarni ham o‘ziga ohangraboday rom qildi.
Bahaybat texnika kabinasiga o‘rnashib olgan tashrif buyuruvchidan taassurotlari haqida so‘rayman. "Dahshat! Ulkan ajdar ustida o‘tirganday his qilyapman o‘zimni", - deydi hazilomuz tarzda texnikadan hayratini yashirmagan suhbatdoshim.
Selskoxozaystvennaya texnika na vistavke "Innoprom" v Tashkente
Modulli mashinaning asosiy afzalliklari: u yangi dehqonchilik tizimi va avtomatlashtirilgan uzatgich qutisi va uni boshqaradigan yangi tizim bilan ta’minlangan. Shu bilan birga mexanizatorning ish joyi - kabina - konditsioner bilan jihozlangan hamda qulayligi, xavfsizligi (chang o‘tkazmasligi) bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, dehqonchilik mavsumi ayni qizigan pallada kabina traktorchi uchun bemalol uy vazifasini o‘tashi mumkin. Bunday texnika dang‘illama hovlidek narxlangani ham bejizdan emas.

Dushman kimligini biling: koronavirus SARS-CoV-2ni inaktivlashtirilgan shtammi

Dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani yaratgan N.F. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi ko‘rgazmada Rossiyada ishlab chiqarilgan so‘nggi noyob ishlanmalarni taqdim etdi — bu koronavirus infeksiyasining inaktivlashtirilgan shtammi standart namunasi, shuningdek, inson DNKsi.
Standartniy obrazes inaktivirovannogo shtamma "GK2020/1" koronavirusa Sars-Cov-2
Namunalar PSR usuli bilan olingan natijalar diagnostikasi va nazorati ishonchliligini oshirishga mo‘ljallangan.
Ko‘rgazmada namoyish etilgan namunalar dunyoda yagona.

"Bu Forishmi?!" – markazida AES bo‘lgan aqlli shahar

Tashrif buyuruvchilarning eng katta qiziqishiga va ko‘plab savollarga sabab bo‘lgan ekspozitsiya - atom stansiyasi maketi bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. AESga ko‘zi tushgan borki, "Bu Forishmi? Jizzaxda shunday stansiya quriladimi?", deya savol berardi.
Ma’lum bo‘ldiki, ko‘rgazmadagi Forishda barpo etilishi rejalashtirilgan AES maketi emas ekan. Toshkentdagi ko‘rgazmada namoyish etilgan maket - bu VVER-1200 dizaynidagi 3+ reaktorlariga ega AESga xizmat ko‘rsatuvchi "aqlli" shahar namunasi ekan, xolos. Atom energetikasi – elektr olishning uglerodsiz manbasi bo‘lib, u tabiiy resurslarni tejash va atrof-muhitni ifloslantirmaslik imkonini beradi.
AES shamol va quyosh energetikasi bilan bir qatorda iqlimni saqlashga hissa qo‘shib, infratuzilma rivojlanishiga xizmat qiladi", — deya tushuntirishadi "Rosatom" xodimlari. Maketda taxminan 10 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy, "aqlli" shaharni ko‘rish mumkin. Hududda qo‘riqxona, yashil zonalar, turar joylar, konsert zallari, sport maydonchalari aks etgan. Hatto, uchar eko-avtomobillarni ko‘rish mumkin. AESning o‘zi 3 ming kishini ish bilan ta’minlashi ko‘zda tutilgan.
Maket AES na stende Rostexa v ramkax vistavki INNOPROM
Atom energetikasi sanoatning boshqa tarmoqlari, ta’lim tizimi bilan ham uzviy bog‘liq, sababi, bunday murakkab va strategik sektor uchun yuqori malakali kadrlar zarur. Bunday yetuk kadrlarni tayyorlash uchun "Rosatom" shaharlarda maktablar, oliy ta’lim muassasalarini ochadi. Kelajak shahri aks etgan ushbu keng ko‘lamli eksponat ko‘rgazma mehmonlarida juda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tanlanganlar uchun avtomobil

Toshkentga orzu avtomobili - VIP-shaxslar uchun mo‘ljallangan Rossiyada ishlab chiqarilgan "Aurus" limuzinining dastlabki ko‘rgazma varianti ham olib kelindi.
Pototip rossiyskogo avtomobilya "Aurus"
"Putin xuddi shunaqa mashinada yuradi", — derdi bir-biriga shivirlab ko‘rgazma ishtirokchilari. Putinning limuziniga o‘xshash premium-sinfdagi mashina yonida esdalik uchun suratga tushishni xohlovchilar juda ko‘p bo‘ldi.
Pototip rossiyskogo avtomobilya "Aurus"
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti "Aurus" limuzinida 2018-yilning may oyida o‘tkazilgan inauguratsiyasida omma oldidan o‘tgan edi.
Putinning yangi limuzinini birinchi marta Qirg‘izistonda ko‘rishadi
Bunday avtomobilning narxi 250 000 dollarni tashkil etadi.

"Kosmosni nishonga oling"

Premium avtomobillar qatoridan to‘g‘ri ulkan teleskop va ko‘plab mikroskoplar joy olgan stend tomon yo‘l olaman.
"Bizning stendimizdan hammayoq ko‘rinadi", — deydi hazillashib tanishuvdan so‘ng Litkarinsk optik shisha zavodi ishlab chiqaruvchilari.
Posetiteli vistavki znakomatsya s teleskopom
Ko‘rgazmadan mikroskoplar, astronomik kuzatuvlar uchun teleskop va fotoobyektivlar o‘rin olgan. Kompaniya Toshkentga o‘zining eng so‘nggi ishlanmasi - "Astro Apo" professional teleskopini olib kelgan.
Teleskop yordamida o‘ta aniq kuzatuvlar va sifatli fotosyomkalarni amalga oshirish mumkin. Jumladan, uning yordamida uzoq guruhdagi sayyoralar, tumanliklar, yulduzlar turkumini tomosha qilish mumkin.
Kompaniya vakili teleskop orqali "O‘zekspomarkaz" paviloni oynasidan ko‘rinib turgan Toshkent teleminorasini tomosha qilishni taklif etdi. Albatta, bu mashg‘ulot juda qiziq kechdi.
Vid bashni iz teleskopa
Teleskop narxi 20 ming dollar, u bilan uydan yoki ochiq maydondan turib sayyoralarni kuzatish mumkin. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, teleskop orqali Oyni bir marta ko‘rgan inson qilgan harajatlariga sira achinmas emish.
Men esa bu ishni yulduzlar makonining chinakam shaydolariga qoldirdim.