Metroning Sergeli yo‘nalishi ishi to‘xtatilishiga nima sabab bo‘lgani aytildi

Rasmiylar yaqin bir necha soat ichida Sergeli liniyasida metro poyezdlari harakati tiklanashini ma’lum qilishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi harakatini to‘xtatishga kontakt relsining kronshteyni ushlab turish qurilmalaridan chiqib ketishi sabab bo‘lgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea yuzasidan rasmiy tergov davom etmoqda, sabablari o‘rganilmoqda.
Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi poyezdlar harakati soat 16:45 da tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosining Sergeli yo‘nalishi ishi vaqtincha to‘xtatilgani va yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan xabar qilingan edi.