Hindistonda bir kunda rekord darajada COVID-19 aniqlandi

Hindiston dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda. Bu sur’atlarda u tez orada Braziliyani yana ortda qoldirishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Hindistonda o‘tgan, 7-aprel kuni 126,7 mingta koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari aniqlandi. Bu pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori ko‘rsatgichdir, deya yozadi RIA Novosti mamlakat SSV ma’lumotlariga tayangan holda.
Hindiston dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha uchinchi (AQSh va Braziliyadan keyin) o‘rinda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jami 12,9 milllion kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shundan 11,8 million nafari sog‘ayib ketgan. 166 nafar bemor pandemiya qurboni bo‘lgan.