Germaniya Rossiya bilan “Sputnik V”ni yetkazib berishni muhokama qilmoqchi

Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Germaniya Rossiya bilan “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish masalasini muhokama qiladi, hajm va muddatlari muhokama qilinmoqda. Bu haqda Germaniya SSV vaziri Yens Shpan ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Shpanning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Rossiya tomoni bilan boshqa ishlab chiqaruvchilar kabi shartnoma tuzishni rejalashtirmayapti. U Germaniya shu sabab Rossiya bilan yetkazib berishni ikki tomonlama tartibda muhokama qilishni rejalshtirmoqda.
“Birinchi navbatda biz qachon va qaysi hajmda yetkazib berilishi mumkinligi haqida suhbatlashamiz”, - dedi Germaniya SSV rahbari ZDF efirida.
Manba: “Sputnik V” kovidning yangi shtammlaridan “Pfizer”ga qaraganda yaxshiroq himoya qiladi
Avvalroq Bavariya SSV “Sputnik V”ni xarid qilish to‘g‘risidagi rejalarini ma’lum qilgan edi.
Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi allaqachon 60 ga yaqin mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 1,5 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. 30 dan ziyod mamlakatda esa aholini “Sputnik V” bilan ommaviy emlash boshlangan. “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi. 4-mart kuni Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) “Sputnik V” vaksinasining izchil ekspertizasini boshlaganini xabar qildi.