TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Sodiq Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorga imzo chekdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, shu vaqtgacha ushbu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelgan Ahmedov Abdug‘ofur boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.
Toshboyev tayinlovga qadar Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.