TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Zoom Video Communications Inc Rossiya va MDH hududida hukumat muassalari va davlat ulushi bo‘lgan korxonalariga o‘z xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, videoxizmat kompaniyasi Rossiya va MDH hududida o‘z distributori "Raytkonf" kompaniyasiga hukumat organlari va davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bilan yangi shartnomalar imzolashni ta’qiqlagan.
Jismoniy shaxslar esa ushbu videoaloqa xizmatidan foydalanishda davom etishlari mumkin, lekin yuridik shaxslar shartnomalari uzaytirilmaydi.
Zoom kompaniyasidan olingan qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan toifa mijozlar uchun yangi mahsulot ishlab chiqarilishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan so‘ng Zoom videoaloqa xizmati keskin ommaviylashib ketgan edi. Karantin tufayli masofaviy ishlash yoki o‘qishga o‘tgan korxonalar, maktab va oliygohlar Zoom xizmatlaridan ayniqsa faol foydalanib kelayotgan edi.
Aytish joizki, Zoom Rossiyada davlat muassasalari bilan ishlashni to‘xtatgan yagona kompaniya emas. O‘tgan yilning dekabr oyida Microsoft ham Bauman nomli MGTUga o‘z mahsulotlarini yetkazib berishni to‘xtatgan edi. Sabab - AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar.
Telecom Daily xabariga ko‘ra, 2020-yilda video-konferensiya xizmatlari bozori hajmi keskin oshgan. Rossiyada ushbu xizmatlar orasida eng ommaviy servis Zoom bo‘lgan va u bozorning 25%ni egallagan. Ikkinchi o‘rinda TrueConf - 23% va undan so‘ng Skype 14%.