TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi negizida Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi.
Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey qo‘riqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va “Moziydan sado” jurnalini yuritish Madaniy meros agentligiga o‘tkaziladi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turizm va sport vazirligi tashkil etilgani xabar qilingan edi.