TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya “Innoprom” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonga 20 ta tez yordam mashinasini berdi. Ulardan 16 tasi “Sobol” yo‘ltanlamasi va 4 tasi esa “GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasidir.
Mashinalarni respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan Gorkiy avtozavodi ishlab chiqargan.
Avtozavod matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Sobol 4×4” tez yordam mashinasi panoramali oyna, yuqori issiq va shovqindan himoya qilish tizimiga ega. Avtomobil kislorod berish tizimi va ko‘chma aravachalar bilan jihozlangan.
Mashini skoroy pomoshi "Sobol 4×4", peredannie Rossiyey Uzbekistanu v ramkax "Innoproma"
“GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasi sayyor tibbiy ko‘riklar, profilaktika, tashxish qo‘yish va davolash tadbirlari uchun mo‘ljallangan. Har bir mobil markaz bu deyarli ikkita to‘laqonli tibbiyot xonasidir. U yerda turli yo‘nalishdagi shifokorlar o‘z ishlarini olib borishlari mumkin.
Xonalar alohida kirish joyiga ega va alohida sanuzellar bilan jihozlangan.
“Bugun (5 aprel – tahr.) topshirilgan mashinalar respublika aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni, ayniqsa bu olis aholi punktlariga taalluqli, yaxshilash imkonini beradi. O‘zbekiston hukumatidagi hamkasblar va tibbiyot xodimlari mashinalarimizning yuqori sifatini qayd etishdi”, - dedi Nijegorodskaya viloyati gubernatori Gleb Nikitin.
Mobilnie meditsinskie kompleksi "GAZel NEXT", peredannie Rossiyey Uzbekistanu v ramkax "Innoproma"
Gorkiy zavodi ham “Innoprom” ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini qo‘ygan: yo‘lovchi tashish, kommunal xizmat, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari avtomobillari.