Rossiyaning "Qiyomat kuni torpedalari" tashuvchisi Tinch okeaniga yo‘l oldi

NATO davlatlarining Rossiya Federatsiyasi bilan kuch pozitsiyasidan muloqot qilishga urinishlari, tabiiyki, qattiq qarshiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Sputnik
Rossiyaning g‘arbiy chegaralari yaqinida AQSh armiyasi mavjudligi - provokatsion o‘sishi AQShning g‘arb, Tinch okeani chegaralari bo‘ylab “aks-sado” bermasligining ilojisi yo‘q.
"Belgorod" eksperimental suvosti kemasi va termoyadroviy "Poseydon" buni "sheriklarga" eslatib turadi.
5 aprel kuni harbiy-sanoat majmuasidagi manbaning ma’lum qilishicha, “Poseydon” dengiz pilotsiz uchar qurilmalari tashuvchisi - 09852 loyihasi “Belgorod” eksperimental atom suvosti kemasining reaktori allaqachon ishga tushirilgan. Suvosti kemasi sentabr oyigacha sinovlarni yakunlab, okeandagi xizmatini boshlaydi. Shvartovka sinovlari olib borilmoqda, ya’ni kema qurilishining sifati, jihozlarni o‘rnatish va sozlash, asosiy elektr stansiyasi, mustahkamligi va xavfsizlik tizimlari tekshirilmoqda.
Rossiyaning yangi strategik raketa tashuvchisi qachon parvoz qiladi?
Tinch okean flotining bazalaridan biri “Poseydon”ning doimiy joylashuv punktiga aylanadi, eksperimental suvosti kemasi esa Jahon okeanining istalgan joyida qo‘yilgan vazifalarni hal qila oladi. 2027-yilgacha amaldagi davlat qurollanish dasturi bo‘yicha Rossiya 3 dona bu kabi suvosti kemasini quradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor “Poseydon” tizimini ishlab chiqarilishini 2018-yilda e’lon qilgandi (“Belgorod” 2019-yil 23-aprelda suvga tushirilgan), samolyot tashuvchilar guruhlarini, qirg‘oqdagi istehkomlarni va raqib infratuzilmasi uning asosiy maqsadlari etib belgilab olindi. Bunday vositalar yordamida Putin "bir qutbli o‘yin" qoidalarini o‘zgartirishga va’da bergandi. O‘sha paytda AQSh rasmiy vakillari yangi qurolni "texnik jihatdan to‘qima va ishonib bo‘lmaydigan" qurol sifatida ochiqchasiga hazar qilishdi. Bugungi AQSh Davlat departamenti 2M39 “Poseydon” qit’alararo yadroviy torpedaning paydo bo‘lishidan alohida tashvish bildirmoqda.
Umuman olganda, "sheriklar" tobora o‘sib va mustahkamlanib borayotgan Rossiya harbiy-dengiz flotidan bezovtalanishmoqda, (Business Insider ma’lumotlariga ko‘ra) uning tarkibiga 360 dona kema, 59 dona suvosti kema (12 ta dengiz osti kreyser - ballistik raketalar bilan) kiradi.

Noyob ko‘rsatkichlar

09852 loyihasi “Belgorod” ko‘p maqsadli suvosti kemasi - bu “Poseydon” tizimi uchun maxsus moslashtirilgan uchinchi avlod 949A “Antey” loyihasining eksperimental “reinkarnatsiya”si (“Antey” dastlab “Granit” kemaga qarshi raketalarini tashuvchisi bo‘lgan).
“Poseydon” - juda jiddiy tiyib turish instrumenti hisoblanadi. U 1000 metr chuqurlikda 10 ming kilometrgacha bo‘lgan masofada, 100 tugun (185 km/s dan ortiq) tezlikda harakatlana oladigan atom energetik ustanovkaga ega qit’alararo strategik qit’alararo suv osti apparati.
Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Sinovlar "aql bovar qilmaydigan" ko‘rsatkichlarni va uzoq masofani tasdiqladi. “Poseydon” ehtimoliy raqibning barcha mavjud va istiqbolli suvosti kemalari, torpedalari va raketalari uchun erishib bo‘lmaydigan chuqurlik va tezlikda harakatlana oladi.
Okeanda bunday "torpedo" ni topish oson emas, past tezlikda u deyarli shovqinsiz suzib ketadi. Avtonom boshqaruv tizimi dengiz osti kemalariga qarshi chiziqlarni, boshqa mudofaa tizimlarini aniqlash va chetlab o‘tishga imkon beradi. Uzunligi 24 metr va diametri taxminan 1,6 metr bo‘lgan yadroviy dvigatelli apparat odatiy yoki megaton snarad bilan jihozlanishi mumkin. Bunday qurol faqat Rossiyada, dunyodagi hech bir davlat “Poseydon”ga qarshi himoya vositasiga ega emas.
Avvalroq AQSh boshchiligidagi kollektiv G‘arb NATOni sharqqa kengaytirib, Sharqiy Yevropada global raketalarga qarshi mudofaa tizimini shakllantirish - hujum “Tomagavk” va boshqa o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni Rossiya chegaralari yaqinida joylashtirish orqali Rossiya Federatsiyasining strategik yadro kuchlari salohiyatini "nol" qilishga urindi.
“Poseydon” qit’alararo tizimi "sheriklarga" ko‘p qutbli dunyoning shafqatsiz haqiqatiga qaytishga yordam beradi, u yerda tajovuzkorga jazo muqarrar.
Ajablanarlisi shundaki, “Qiyomat kuni torpedasi” yerta sinov jarayonida 2019-yil fevral oyida AQSh strategik qo‘mondonligini (STRATCOM) tashvishga solgandi. Kongress yig‘ilishida STRATCOM rahbari Jon Xayten “Poseydon” yangi qurol tizimi sifatida SNV-3 shartnomasi cheklovlariga kirmasligi, AQShda esa analoglari ishlab chiqarilmayotganligini ta’kidlagandi.
REK: AQSh Rossiyadan orqada qolganligini tan oldi
"Xabarovsk" atom suvosti kemasi (loyiha 098531) qit’alararo dronlarning tashuvchilari liniyasini ochadi. Dengiz osti kemasining asosiy xususiyatlari maxfiylashtirilgan. Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kema bortida 6ta uchuvchisiz "Qiyomat kuni torpedalarini" ko‘tarishga qodir bo‘lgan yangi yadroviy ustanovka bilan jihozlangan. Kemaning suv sig‘imi 10 ming tonna, suv ostida tezligi 32 uzelgacha, suvga botish chuqurligi 500 metr, avtonomligi 120 sutka, ekipaj - 100 kishidan iborat. Submarinaning korpusi eng yangi strategik raketa tashuvchisi “Borey”ga o‘xshaydi.
Shuni yodda tutish kerakki, dron Shimoliy yarim sharning istalgan joyidan AQSh qirg‘oq chizig‘iga yetib borishi mumkin, undan faqat Rossiyaga qarshi tajovuz qilinganda qo‘llaniladi.
Eslatib o‘taman, bu Rossiya emas, AQSh juda uzoq bahona bilan O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqdi, 2020-yilda harbiy budjetni esa 750 milliard $ ga oshirdi, (bu miqdor dunyoning barcha boshqa davlatlarining mudofaa xarajatlari bilan taqqoslash mumkin). Rossiyaning ko‘p maqsadli okean tizimi - "sheriklarga" ogohlantirish, Pentagon va NATOning Sharqiy Yevropada zarba berish salohiyatining xavfli konsentratsiyasiga assimetrik javobdir.