Manba: “Sputnik V” kovidning yangi shtammlaridan “Pfizer”ga qaraganda yaxshiroq himoya qiladi

Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning janubiy afrikacha shtammiga qarshi “Pfizer”ga qaraganda samaraliroq. Bu haqda RIA Novosti Gamaleya markaziga yaqin manbasiga tayangan holda xabar qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ayrim amerikalik olimlarning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning mutatsiyalariga qarshi samarasi go‘yoki pastligi haqidagi vajlari ishonarli emas. AQSh mutaxassislarining ishi esa yakuniy taqrizdan o‘tmagan.
“Maqolaning uch asosiy mualliflaridan birining yaqqol manfaatlar to‘qnashuvi bor, zero u Pfizer/BioNtech ning koronavirus variantlari bo‘yicha maslahatlashuv kengashining a’zosidir”, - deya qo‘shimcha qilgan manba.
“Sputnik V” dunyoda eng ko‘p odamlar biladigan vaksina deb e’tirof etildi
Mutaxassisga ba’zi test natijalari faqat “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha e’lon qilingani, “Pfizer” bo‘yicha esa ma’lumotlar ko‘rsatilmagani g‘alati tuyulgan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya vaksinasi o‘z samaradorligini isbotlagan, muammoli janubiy afrikacha shtammga qarshi bardoshliligi esa “Pfizer”ga qaraganda sezilarli yuqori bo‘lgan. Yevropada keng tarqalgan britancha shtammga kelsak, “Sputnik V”ning unga nisbatan biror bir samadorligi pasayishi aniqlanmagan.
Manba Gamaleya markazining o‘z tadqiqotlari natijasi 2021-yil may oyida ilmiy jurnalda chop qilinishini qo‘shimcha qildi. Ular Rossiya vaksinasi yangi shtammlarga hozirda dunyoda ishlab chiqilgan boshqa vaksinalarga qaraganda yuqori samaradorligini isbotlaydi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bir guruh amerikalik olimlar tadqiqotning dastlabki natijalarini chop qilishdi. Unda “Sputnik V” vaksinasi janubiy afrikacha shtammga qarshi eng past samaraga ekanligi iddao qilingan.
Ikkinchi aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Sputnik V” vaksinasini koronavirusning barcha ma’lum turlariga qarshi samarali deb atagandi.

“Sputnik V”

“Sputnik V” vaksinasi koronavirusga qarshi dunyoda birinchi ro‘yxatga olingan vaksinadir. U 50 tadan ziyod mamlakatlarla foydalanish uchun ma’qullangan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 1,5 milliarddan oshadi.
“Lancet” xalqaro ilmiy jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi.