O‘zbekiston va YeOII

YeOII: 2025-yilgacha strategiya rejasi tasdiqlandi

YeOII 2025-yil strategiyasini amalga oshirish rejasi ma’qullandi
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi Strategiya-2025ni amalga oshirish rejasini ma’qulladi, deb xabar beradi YeIK matbuot xizmati.
Dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini kelgusi yillar uchun rivojlantirish yo‘nalishlari YeOII a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangandi.
Vazifalarning aksariyati 2023-yilga qadar bajarish rejalashtirilgan.
2021 yil oxiriga qadar quyidagilar amalga oshiriladi:
YeOIIning texnik reglamentlarini ishlab chiqish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish;
muvofiqlik sertifikatlari va deklaratsiyalarining elektron shakllariga o‘tish uchun bazani tayyorlash;
“Raqamli texnik reglament” loyihasini amalga oshirishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
YeOIIda yuklarni tranzitining yagona tizimini rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash;
kredit ma’lumotlari almashinuvi tartibi to‘g‘risida xalqaro shartnomani imzolash.
Bundan tashqari, shu yilda dunyoning turli davlatlarida "yashil" iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish tajribasini tahlil qilish, YeOII ta’lim sohasida yagona axborot portaliga qanchalik ehtiyoj borligini aniqlash, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma tashabbus va hamkorlik loyihalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha olib boriladi.
O‘zbekiston va YeOII
Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston YeOIIning to‘laqonli a’zolari. Kuzatuvchi-davlatlar O‘zbekiston, Kuba va Moldova.
YeOII komissiyasida O‘zbekiston vakili - Shuhrat Shukurov. Ungacha u Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.