EMA “AstraZeneca” vaksinasi va tromboz holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi

Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) vakili AstraZeneca” vaksinasi bilan emlash va tromboz o‘rtasidagi bog‘liqlikni tan oldi.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) vakili “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlash va tromboz o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi.

“Fikrimcha, hozir biz bu vaksina bilan aniq bog‘liqlik mavjudligini aytishimiz mumkin. Hozircha aynan nima buni keltirib chiqarishini bilmaymiz. Yaqin soatlarda bunday bog‘liqlik borligi haqida rasman e’lon qilamiz, lekin bu qanday ro‘y berishini anglash oldimizda turibdi”, - degan YeMA vakili Marko Kavaleri Italiyaning “Il Messaggero” gazetasiga bergan intervyusida.

Mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida ingliz-shved kompaniyasining “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlanganlarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach, yetti kishi tromb tufayli vafot etdi
Birinchi bo‘lib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan so‘ng bir kishida ko‘psonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun o‘tib vafot etgan, yana bir kishi esa emlangandan so‘ng o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Avstriyadan so‘ng boshqa Yevropa davlatlari ham salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabar qila boshladi.
Yevropa ittifoqining ayrim davlatlari ehtiyot choralari tariqasida ushbu preparatdan foydalanishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilishdi.
Yevropadagi holatlardan so‘ng AstraZeneca vaksinasi o‘z nomini o‘zgartirdi
Ammo Yevropa regulyatori tez orada “AstraZeneca” vaksinasining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlab, preparat afzalliklari u bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlardan ancha yuqoriligini qayd etgan.
Shundan so‘ng qator Yevropa mamlakatlar u bilan emlashni qayta boshlashdi. Ammo Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Islandiya va Irlandiya hozirgacha “AstraZeneca”dan foydalanishdan o‘zini tiyib turibdi.