Chechenistonda O‘zbekistonning turizmni rivojlantirish tajribasiga qiziqish bildirildi

Chechenistonda “Imomlar yurtiga sayohat” nomli taqdimot o‘tkazildi va bu mezbonlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Checheniston respublikasida O‘zbekistonning ziyorat turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Grozniy shahrida o‘tgan taqdimot marosimida so‘nggi yillarda mamlakatda turizm sohasi rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng Checheniston Hukumat raisi o‘rinbosari Djanbulat Umarov ikki mamlakat rahbarlari olib borayotgan oqilona siyosat va mamlakatlararo do‘stona aloqalarni e’tirof etdi.
Bundan tashqari, Checheniston turizm vaziri Muslim Baytaziyev o‘zbek xalqi bilan uzoq tarix ularni bog‘lashi quvontirishini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi
“Yaqin yillardagina turizmni rivojlantira boshlagan respublika sifatida O‘zbekistonning bu boradagi tajribasini o‘rganish va o‘zlashtirish biz uchun juda muhim”, - dedi Baytaziyev.
Shuningdek, u O‘zbekiston va Checheniston turoperatorlari B2B formatida uchrashuvlar doirasida yangi turistik yo‘nalishlar va turmahsulotlar ishlab chiqish, o‘zaro manfaatlik hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib olishganini qo‘shimcha qildi.