TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiya dollardan to‘liq voz kechishi uchun 4-5 yil kerak bo‘ladi, dedi RIA Novostiga investitsiyalar bo‘yicha ekspert Maksim Shein.
Biroz oldin Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr PankinAQSh siyosatining kutilmagan tomonga burilishi ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan foydalanishni noqulay qilmoqda. Shu sababli Rossiya savdo aloqalarida dollarni cheklashga qaror qilganini xabar qilgan edi.
“Dollardan voz kechish mavzusi so‘nggi yillarda ko‘p marotaba ko‘tarilgan edi, lekin bu safar u birinchi bor davlatning rasmiy kursi sifatida e’lon qilindi. Rossiya AQSh valyutasidan foydalanmaslikni nazarda tutuvchi tizim qurishi haqida gapirdi. Buning uchun 4-5 yil kerak bo‘ladi, chunki yillar davomida shakllangan savdo va bank amaliyotlarini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi”, - deydi Shein.
Ayni damda Rossiyada buning uchun barcha sharoitlar mavjud: yetarli darajada oltin zahiralari jamlangan, dollarja hisoblanadigan moliyaviy aktivlar miqdori ham kamaytirilgan, yangi to‘lov tizimi ishga tushirilgan. Savdo hamkorlarning ham dollardan voz kechish istagi bor. Undan tashqari AQSh tomonidan ham buning uchun yetarlicha asoslar yaratilmoqda (AQSh prezidentining Rossiyaga qarshi qaratilgan keskin bayonotlari), - deydi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, AQSh o‘zining sanksiyaviy siyosati bilan dollarga va AQSh davlat qarziga bo‘lgan ishonchni buzayotganini bir necha marotaba ta’kidlangan edi. Shu bilan birga Rossiya hukumati iqtisodda dollarni ta’qiqlash niyatida emas. Ular shunchaki boshqa valyutalarda hisob-kitob qilish uchun qulay sharoit yaratishni nazada tutadi, xolos.