DXX o‘tgan yili 4 ta terrorchilik aktining oldi oldi

Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2020-yilda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) idoralari sa’y-harakati bilan 4 ta terrorchilik aktining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlik kiritilishicha, ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 2 tasi MDH mamlakatlarida sodir etilishi rejalashtirilgan edi.
O‘tgan yili ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 ta yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo‘yilgan. Ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi va javobgarlikka tortilgan.
O‘zbekiston DXX Qirg‘izistondan narkotik tashigan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi
Shuningdek, 747 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4.781 dona o‘q-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olingan. 540 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.
Budjet va kredit mablag‘larining talon-taroj qilinishi hamda maqsadsiz ishlatilishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, 557 mlrd. so‘m davlat foydasiga undirilgan.
Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga aloqador 102 ta jinoiy guruh fosh etildi.
Davlat sarhadlaridan noqonuniy olib o‘tilgan 58,3 mlrd. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar qo‘lga olindi.
DXX jihodchilar faoliyatiga chek qo‘ydi
Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan “Mehr 3” va “Mehr 4” gumanitar operatsiyalari doirasida Suriya va Afg‘oniston davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan 122 nafar ayollar va bolalar mamlakatga olib kelindi.