“Aeroflot” yakshanba kuni birinchi Toshkent-Moskva muntazam reysini amalga oshiradi

Bu reysdan hamma O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan xorijliklar foydalanishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. “Aeroflot” aviakompaniyasi 11-aprel, yakshanba kuni Toshkentdan Moskvaga (SU1891 reysi) birinchi muntazam parvozni amalga oshiradi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limining aniqlik kiritishicha, bu reysdan hamma O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan xorijliklar foydalanishlari mumkin.
Ta’kidlanishicha, Toshkent-Moskva yo‘nalishida parvoz etishda davom etayotgan qolgan reyslar charterligicha qoladi. Ularga chipta xarid qilish uchun Rossiyaga kirish uchun asos bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishlariga ruxsat berildi
Konsullik Rossiya hukumatining 2021-yil 31-martdagi 814-sonli farmoyishi bilan O‘zbekiston muntazam parvozlar tiklangan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilganini eslatgan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston TIV 2021-yil 1-apreldan boshlab Rossiyaga havo o‘tish punktlari orqali kirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar O‘zbekiston fuqarolariga tatbiq etilmasligi borasida ma’lumot berdi.