O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan haykaltarosh Yakov Shapiro vafot etdi

Toshkentda Yakov Shapiro metroning beshta stansiyasi, jumladan, “Mustaqillik maydoni” va “Buyuk ipak yo‘li” stansiyalari uchun pannolar tayyorladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” xalqaro multimedia loyihasi xabar qildi.
Yakov Shapiro
Uning ijod namunalari O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Italiya, Isroil, Yaponiya va boshqa davlatlarda o‘rnatilgan. Toshkentda Yakov Shapiro metroning beshta stansiyasi, jumladan "Mustaqillik maydoni" va "Buyuk ipak yo‘li" stansiyalari uchun pannolar tayyorladi.
Bundan tashqari, haykaltarosh O‘zbekiston poytaxtidagi Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Lal Bahadur Shastri, Botir Zokirov, Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin Afandi haykallari muallifi hisoblanadi.
Ijodkor qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari, jumladan, yulduzlar mavzusidagi Ona Zamin, Ikar, Ulug‘bek, Siolkovskiy, Qirolicha, Gagarin hamda kosmonavt, ikki karra Sovet Ittifoqi qahramoni Vladimir Jonibekov busti kompozitsiyasi ustida ishladi.