TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Ikkinchi apreldan uchinchi aprelga o‘tar kechasi amalga oshishi lozim bo‘lgan birinchi muntazam parvoz amalga oshmadi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Xabarda aytilishicha, Dushanbe vaqti bilan 2:00 da "YuTeyr" aviakompaniyasi samolyoti Tojikistonning bir guruh fuqarolarini Moskvaga olib borishi kerak edi. Ammo samolyot bortiga faqatgina Rossiyaga kirib borishi uchun asosga ega bo‘lgan fuqarolar qo‘yilgan.
Nashr xabariga ko‘ra, ayni vaqtda 249 kishi parvozga ruxsat ololmagan.
Ta’kidlanishicha, ularning samolyot bortiga qo‘yilmagani sababi – Rossiya hududiga kirib borish uchun ularda asos bo‘lmaganida.
"Faqatgina fuqarolikka yoki Rossiyada vaqtincha yashash huquqiga ega bo‘lganlar, tibbiy ma’lumotnomasi borlar va ishlash uchun ruxsat beruvchi hujjati borlar reysga qo‘yilgan. Ammo 249 yo‘lovchilarga samolyot bortiga chiqishga rad javobi berilgan”, - deyiladi xabarida.
Shuningdek, 169 kishi koronavirusga testdan o‘tmagan bo‘lgan, nashr bu jarayon ham migrantlarga juda qimmatga tushayotganini qayd etib o‘tgan.
Ma’lum qilinishicha, qolgan fuqarolar 9-aprel kuni RFga uchishlari rejalashtirilgan.
Rossiya 1-aprel sanasidan boshlab Tojikiston bilan avia-parvozlarni tiklash borasida kelishuvga erishgan edi.
Muntazam parvozlar "YuTeyr" va "SomonEyr" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi aytilgandi.