Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach, yetti kishi tromb tufayli vafot etdi

Mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada yetti kishi AstraZeneca bilan emlangandan so‘ng tromblar hosil bo‘lishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda britan tibbiyot regulyatori – Dorivor vositalar va tibbiy buyumlarni nazorat qilish boshqarmasi xabar bergan.
Ilgariroq, regulyator Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach 30 kishida tromblar hosil bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Shu bilan birga, MHRA vaksinalashning ustuvor jihatlari barcha salbiy oqibatlarni ortda qoldirishini qayd etib o‘tgan.
Yevropadagi holatlardan so‘ng AstraZeneca vaksinasi o‘z nomini o‘zgartirdi
Regulyator xabariga ko‘ra, BioNTech/Pfizer vaksinasi bilan emlanganlarda bunday holatlar qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
Birinchi bo‘lib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan so‘ng bir kishida ko‘psonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun o‘tib vafot etgan, yana bir kishi esa vaksinalashdan so‘ng o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Fransiyada AstraZeneca bilan emlangan talaba vafot etdi
Avstriyadan so‘ng boshqa yevropa davlatlari ham salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabar qila boshladi.
Britaniyada bu singari xabarlar tarqalmadi, chunki ushbu davlatda foydalanilayotgan vaksina Yevropa mamlakatlari foydalanayotgan vaksinalarni ishlab chiqarayotgan korxonalarda tayyorlanmagan.
Yevropa ittifoqining ayrim davlatlari ehtiyot choralari tariqasida ushbu preparatdan foydalanishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilishdi.
Ammo Yevropa regulyatori tez orada AstraZeneca vaksinasining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlab, preparat afzalliklari u bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlardan ancha yuqoriligini qayd etgan.