Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoqda ikkita zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

Biri 60, ikkinchisi 100 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha sharoitlarga ega, zamonaviy va ekologik jihozlar bilan jihozlangan maktabgacha ta’lim tashkiloti mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Kuni kecha, 1-aprel kuni Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yi hududida ikkita zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
V Muynake otkrilis dva sovremennix detskix sada
Mo‘ynoq tumanida ochilgan bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotining biri 60 o‘ringa va ikkinchisi 100 o‘ringa mo‘ljallangan.
Oltmish o‘ringa mo‘ljallangan MTT 4 guruhga moslashtirilib qurilgan bo‘lib, unda 31 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.
V Muynake otkrilis dva sovremennix detskix sada
2020-yil "Investitsiya" dasturiga kirgan "Aral" MFY hududida barpo etilgan 100 o‘rinli zamonaviy, barcha sharoitlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida ham tumandagi ishsiz, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan 32 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tumanimizga qilgan safarlarining birida "Madaniyat - Mo‘ynoqdan boshlanadi", degan bir ta’sirli jumlani aytgan edilar. Bugun Qoraqalpog‘istondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rivojlanishi yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha ishlarni Mo‘ynoq tumani ko‘lamida ko‘rsatib berishni istardim. Tumanimizda har yili yangi bog‘chalar ochilmoqda. Men vazir etib tayinlangan vaqtda tumanimizda bolalarning MTTlar bilan qamrovi 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 97,7 foizga yetdi. Bu Respublikadagi eng yuqori ikkinchi ko‘rsatkichdir. Mo‘ynoq aholisi qiyin sharoitda yashagani bilan, tuman aholisi o‘z farzandlari uchun eng yaxshi sharoitlarni ravo ko‘radilar. Masalan, til o‘rganish, odamning jamiyatdagi o‘rni aynan shu yerdan - bog‘chadan boshlanadi va Mo‘ynoq aholisi buni chuqur anglaydi" - dedi tantanali ochilish marosimidan so‘ng Sputnik muxbiriga bergan intervyusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Jumagul Usnatdinova.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 27taga yetgan, ulardan 17tasi davlat, 8tasi oilaviy va 2tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.
Bog‘chada bolalar sog‘lig‘iga mas’ul bo‘lgan xodimlarning vazifalari tasdiqlandi
Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoq tumanida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan jami bolalar soni 2403 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim bo‘limi tassarufidagi 27 ta MTTlarga 2348 nafar (qariyb 98%) bolalar kamrab olingan. .
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: 230 nafar pedagogik kadrlar ishlaydi, shundan 60 nafari oliy ma’lumotli mutaxassislar, 154 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lsa, 16 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotga ega.