Turk kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 470 MVt bo‘lgan ikkita IES qurmoqda

Stansiyalarni joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. “Aksa Enerji” turk kompaniyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanida umumiy quvvati 470 MVt bo‘lgan ikkita issiqlik elektr stansiyasini (IES) quradi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
Ular tumandagi 7 gektar yer maydonida barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 300 million dollarni tashkil qiladi. Uni “Aksa Enerji” to‘liq moliyalashtiriladi.
Stansiyalarni joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Yiliga 3,9 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Zamonaviy yechimlar. "Taxiatosh" IES qanday modernizatsiya qilindi
Ta’kidlanishicha, ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga 550 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.
Shuningdek, "Aksa Enerji” Buxoro viloyatida gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasini boshlagan. U uchun yer maydonida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu IESning umumiy quvvati 270 MVt bo‘ladi.