TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan So‘xga boruvchi Qirg‘iziston orqali o‘tuvchi yo‘lning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, tadbirda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda Botken viloyati gubernatori Omurbek Suvonaliyev va boshqalar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida boshqa sohalardagi aloqalar kengayib borayotgani, xususan, chegaraoldi hududlarning hamkorligi tobora faollashayotganini ta’kidlashdi.
“Qariyb o‘n yildan buyon berk bo‘lgan chegara postlarimizning ochilishi haqiqatdan ham muhim voqeadir. Xalqlarimizning do‘stligi abadiy bo‘lsin”, - dedi Bozorov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘lning ochilishi xabar qilingan edi.