TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentni Internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish uchun javobgarlik belgilandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, prezidentni telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ilgari prezidentni omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, mazkur jinoyatni matbuot yoki boshqa OAVdan foydalangan holda sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud edi.