TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Yerevan kafelaridan birida jurnalistni urgan Armaniston yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Akop Arshakan iste’fo berdi. Bu haqda vazirning o‘zi Facebook᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Bugun vazir sifatida oxirgi ish kunim. Amaldor tarafidan fuqaroga qarshi kuch ishlatilishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat deb hisoblayman, biz zo‘ravonliksiz yo‘li sari olg‘a yurishimiz shart. Men bunga o‘rnak bo‘lishim shart”, - deya yozgan armanistonlik amaldor.
Arshakan 18-mart kuni jurnalist Paylak Faxradanga tashlanib, uni do‘pposlagan edi. Bunga uning vazirdan nima sababdan ish vaqtida kafeda o‘tirganini so‘ragani sabab bo‘lgan.