TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Qozog‘iston COVID-19 tarqalishi bo‘yicha “qizil” hududga kiritildi. Mamlakat hududlaridagi epidemiologik vaziyatni baholash matritsasida bunday ma’lumotlar keltirilgan, deya yozadi Sputnik Qozog‘iston nashri.
2021 yil 30-mart holatiga ko‘ra, Nur-Sulton, Olmaota shaharlari, Atirau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari “qizil” hududda.
“Sariq hududda”: Aqto‘be, Olmaota va Qarag‘andi viloyatlari.
“Yashil” hududda: qolgan barcha mintaqalar.
Qayd etish joizki, kuni kecha Olmaota va Nur-Sultonda karantin kuchaytirildi. Bu shaharlarda kuniga yangi 300 ta kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Mutaxassislar koronavirusning yuqori tarqalish sur’atini mamlakatda koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lganligi bilan bog‘lashmoqda. Qolaversa, mamlakatda koronavirus yangi olmaotacha shtammi paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
29 mart kuni Qozog‘istonda 1445 kishida koronavirus aniqlangan. Jami kasallanganlar soni 243 318 nafarga yetgan. Bir sutkada 17 kishi vafot etgan. Kovid qurbonlari soni 3 029 tashkil etmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatgich.