“Putin assasinlari” yoki Britaniyaning yangi “manyovri”

Axborot texnologiyalari davrida “xorij” va “uy” hamda “urush” va “tinchlik” tushunchalari orasida farq qolmagan - Britaniya razvedkasi.
Sputnik
Britaniya o‘zining Rossiyaga qarshi “axborot hujumi” rejasini amalga oshirishni boshlagan ko‘rinadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu reja o‘tgan yilning kuzida e’lon qilingan edi.
Britaniya Hukumat aloqa markazi (Government Communications Headquarters - GCHQ) Rossiyaga qarshi kiberhujum boshlayotganini va ushbu operatsiyaga MI-5 va MI-6 maxsus xizmatlari hamda harbiy razvedka va armiyaning 77-axborot manyovrlari brigadasi jalb qilingani e’lon qilingan edi.
Bundan xulosa shuki, biz yaqin orada Rosssiyaga qarshi ishlab chiqilgan eng g‘ayrioddiy feyklarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Biz o‘shanda ushbu feyklar benuqson rus tilida yozilgan bo‘lsa kerak deb kutgandik, chunki MI-6 buning uchun Ukraina resurslaridan foydanishi mumkin edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy MI-6ning Londondagi bosh ofisiga ham tashrif buyurgan edi.
Mana Britaniya OAVlarida ilk “sensatsiya” paydo bo‘ldi. Bir necha gazetalarda bir vaqtning o‘zida. Maqolada ishlatilgan iboralarning o‘xshashligi uning bir manbaadan olinganini va yaqqol muvofiqlashtirilgan buyurtma xarakteriga ega ekanidan dalolat beradi.

"Putin ro‘yxati"

Unda aytilishiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘limga hukm qilingan shaxslar ro‘yxatini e’lon qilgan va yaqin orada uning “assasin”lari bu ishni bajarishni boshlaydi. Manbaa – “qandaydir rossiyalik shpion”.
Xabar haqiqatdan ham rus tilida yozilgan, lekin ichida bir xil turdagi xatolar ko‘p. Masalan -tsya va –tsya qo‘shimchalari bilan tugaydigan kesimlarning to‘g‘ri yozilishida. Bunday xato odatda Ukrain tilida gapiradigan odamlarga xos bo‘ladi, chunki ukrainchada ushbu qo‘shimchaning faqat bir turi –tsya ishlatiladi. Demak dastlabki gumonlar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi –dezinformatsiya ukrainalik ijodkorlar yordamida yaratilgan.
Skripal ishi bo‘yicha O‘zbekiston Rossiya bayonotini qo‘llab-quvvatladi
Xabarning o‘ziga kelsak u mutlaq kulguli. Putin o‘limga hukm qilganlar ro‘yxatiga Britaniyadan 6 kishi kiritilgan.Ularni o‘ldirish uchun yuborilgan guruh ayni damda Irlandiyada maxsus tayyorgarlikdan o‘tmoqda.
Ro‘yxatda Britaniyaning sobiq maxsus agenti Kristofer Stil ham bor. U o‘z vaqtida Tramga qarshi “rus dosye”sining muallifi bo‘lgan edi. Keyinchalik ushbu ish hech qanday dalil topilmagani tufayli chipakka chiqqan va hatto "Rossiya tomonidan uyushtirilgan dezinformatsiya" deb e’lon qilingan edi. Xush Rossiyaga o‘zining bunday samarali maxsus agentini yo‘q qilish nimaga kerak bo‘lib qoldi ekan?
Ro‘yxatdagi yana bir shaxs - Boris Karpichkov. The Sun negadir uni “rus shpioni” deb e’lon qilgan, aslida esa uni yirik ko‘zbo‘yamachilik uchun Latviya qidirmoqda. Ha-ha Rossiya emas aynan Latviya.
The Sunday Times “Putin ro‘yxatining” o‘ziga xos variantini e’lon qildi. Gazeta yozishiga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda faqat 5 kishi bo‘lgan va ularning barchasi - Chechenistondan. Ulardan 4 nafari allaqachon yo‘q qilingan va faqat bir kishi qolgan. U hozir Avstriyaning kichik shaharchasida o‘zining “o‘ldirilishini kutib” yashamoqda.

Nega aynan hozir?

“Putin o‘limga hukm qilganlar ro‘yxati” nega aynan hozir e’lon qilindi, degan savolga javob juda oddiy. Chunki ushbu shovqin bilan deyarli bir vaqtda Boris Jonson o‘zining, anchadan beri orqaga surib kelinayotgan, “xavfsizlik va tashqi siyosat” to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi.
Unda aytilishiga ko‘ra Britaniya uchun asosiy tashqi xavf – bu Rossiya va unga qarshi kurashish kerak. Buning uchun esa - Mudofaa xarajatlarini oshirish kerak. Xususan harbiylari sonini 10 ming kishiga va yadroviy jangovar qurol miqdorini 40%ga.
Atlantikadagi Rossiya floti AQShni qo‘rqitib yubordi: NATO blokada haqida o‘ylamoqda
Lekin hisobotda asosiy e’tibor – Britaniyaning kiberhududdagi muskullariga qaratilgan bo‘lishi kerak. Uning hisobotida “kiber” so‘zi 139 marotaba yozilgan. Bosh vazir Mudofaa tizimida turli kiber bo‘linmalar tashkil qilish, maxsus kiber operatsiyalar uyushtirish, jumladan “feyklar” tarqatish va boshqa tadbirlar sanab o‘tilgan.

Narrativlar jangi

Britaniya mudofaa vaziri Uolles o‘z hisobotida ushbu vaziyatni yanada aniqroq izohlab bergan. Uolles aytishiga ko‘ra, bunday jangda kelajakda nafaqat kishilar yoki platformalar to‘qnash keladi, balkim bu “narrativlar jangi” bo‘ladi. Narrativ - biror voqea, hodisa, tushuncha haqida mustaqil yaratilgan so‘zlar va obrazlar ketma-ketligi (hikoya). Xulosa shuki, Britaniya mudofaa vaziri Rossiya bilan jang qilish uchun narrativlar yetarli, tanklar kerak emas.
Hisobotga ko‘ra, Britaniya armiyasining dezinformatsiya va propaganda uchun mo‘ljallangan bo‘linmalari “Rossiyani jilovlab turish” va “yirik hajmda media va psixiologik operatsiyalarini” amalga oshirishlari kerak. Buning uchun ular parlamentdan mo‘maygina mablag‘ talab qilishmoqda.
AQSh Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi
Britaniya maxsus xizmatlari propaganda va dezinformatsiyadan har doim foydalanib kelgani sir emas. Lekin oldin ular bunday ishlarni faqat xorijiy davlatlar hududida amalga oshirib kelishgan edi. Lekin so‘nggi hisobotda aytilishiga ko‘ra, axborot texnologiyalari davrida “xorij” va “uy” hamda “urush” va “tinchlik” tushunchalari orasida farq qolmagan. Axborot manyovri ushbu ikkala frontni ham qamrab olgan.
Shunday ekan, bundan buyon Britaniya OAVlarida Rossiya haqida paydo bo‘ladigan har qanday ajabtovur “Putin assasinlari”, “dahshatli ruslar” yoki “xavfli Sputnik V vaksinasi” haqidagi xabarlarga hayron bo‘lmaymiz. Britaniya propagandachilari ustozlari aytganidek “Yolg‘on qanchalik aql bovar qilmaydigan bo‘lsa – unga shunchalik oson ishonishadi. Faqat oldin bu propaganda deyilgan bo‘lsa – hozir “axborot manyovri” yoki “narrativlar urushi” deyilishi mumkin. Vaqt terminlarni o‘zgartirishi mumkin, lekin yolg‘on yolg‘onligicha qoladi, rusofobiya esa –rusofobiyaligicha.