TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Jizzax viloyatida fuqaroni haqorat qilgan yo‘l-patrul xizmati xodimiga chora ko‘rildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi fuqaroni so‘kib haqorat qilgani aytilgan video tarqalgan edi.
IIV YHXBB axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, hodisa 2020-yilning 4-iyul kuni Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan va viloyat IIB xizmat tekshiruvi o‘tkazgan.
“Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda ichki ishlar vazirining meyoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun viloyat IIB YHXB YPX xodimi Sh.Murodovga nisbatan “Lavozim maoshining 50% miqdorida jarima” jazosi tayinlangan.