Vengriya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi: muzokaralardan kutilayotgan natijalar

Bugun Vengriya bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Milliy matbuot markazida o‘tgan hafta Prezident Adminstratsiyasi rahbarining o‘rinbosari- prezident matbuot kotibi etib tayinlangan Sherzod Asadov ilk brifingni o‘tkazmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, prezidentning hafta davomidagi kun tartibi haqida doimiy brifing o‘tkazib boriladi.
Sherzod Asadovning xabar berishicha, bugun Vengriya bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Ertaga oliy darajadagi muzokalar bo‘lib o‘tadi.
Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
"Muzokaralardan kutilayotgan asosiy natijalardan biri - O‘zbekistonning Vengriya bilan munosabatlari sifat darajasidan yangi pog‘onaga, ya’ni strategik hamkorlik darajasiga chiqishidir. Vengriya O‘zbekistonning Yevropa ittifoqidagi eng yaqin hamkorlardan biri bo‘lib, mamlakatlarimiz ko‘p qirrali amaliy sherikchiligini yo‘lga qo‘ygan va turli darajalarda faol muloqot olib bormoqdalar. Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalar haqida gapirganda, so‘nggi 4-yilda ikki davlat o‘rtasida savdo aylanmasi deyarli 3 baravarga oshgan”, - dedi Asadov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrifdan asosiy maqsad tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, turli sohalarda, jumladan qayta ishlash sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, farmatsevtika, turizm yo‘nalishlarida hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud. Shu bois, bugun Toshkentda ikki mamlakat ishbilarmonlari Kengashi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Vengriyaning 40 tan ziyod yirik kompaniya va moliyaviy tuzilmalarning rahbarlari qatnashib, o‘z loyihalarni O‘zbekiston hamkorlari bilan ishlab chiqishadi.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, energetika, ta’lim, madaniyat, hududlararo hamkorlik va bandlik masalalari bo‘yicha 10ga yaqin hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tashrif 31-mart kuni yakuniga yetadi.