Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylagan Sanjay jarimaga tortildi

Sanjay taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan xonanda Sanjar Javberdiyev ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlari matnini huquq egalarining ruxsatisiz o‘zgartirgan holda ijro etgan Sanjay taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan Sanjar Javberdiyev ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar qildi.
Murojaat asosida Sanjar Javberdiyev tomonidan she’r muallifi Usmon Azimov hamda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ijrosidagi “Karvon” nomli qo‘shig‘ini va she’rini asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etilgan holatlarni aniqlagan.
Shu sababli Sanjayga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga kiritilgan.
Nasafiy jarimaga tortildi
9 mart kuni sud xonanda Sanjar Javberdiyev (Sanjay)ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-(1)-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (735 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlagan.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston qonunchiligida cover ijro tushunchasi kiritilmagan. Xorijiy davlatlarda cover ijro mavjud. Bu bo‘yicha taraflar shartnoma asosida faoliyat yuritishadi. Ya’ni o‘zganing asarini cover sifatida ijro qilmoqchi bo‘lgan ijrochi muallifdan ruxsat so‘ragan holda shartnoma tuzishi hamda shartnoma bo‘yicha huquq egasiga mualliflik haqini to‘lashi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sherali Jo‘rayevning “Qora ko‘zli sanamjon” qo‘shig‘ini muallif roziligisiz kuylagan Nasafiy taxallusi ostida ijod qilayotgan havaskor xonanda Akmalov Aziziddin ham jarimaga tortilgandi.