Moskvadagi Tojikiston elchixonasiga tajovuz uyushtirildi

Pichoq bilan qurollangan erkak Tojikiston elchixonasiga kirib mojaro uyushtirdi. Hozir u qo‘lga olingan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Moskvadagi Tojikiston elchixonasida mojaro sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Ma’lum bo‘lishicha, pichoq bilan qurollangan noma’lum erkak elchixona xodimiga hujum qilgan. Uni elchixona xavfsizlik xizmati zararsizlantirgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hujum qilgan kishi ekstremistik tashkilot vakili bo‘lishi mumkin, qo‘lga olish vaqti u radikal shiorlarni aytib baqirgan.
Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan. Elchixona voqeadan xabardor, lekin hozircha unga hech qanday izoh bera olmaydi.
Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.