Migrantlarga soxta ma’lumotnomalar sotgan qalloblarning qo‘lga olinishi – video

Sputnik
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida mehnat migrantlariga Rossiya hududiga kirish uchun soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur guruh pandemiya sababli joriy etilgan mavjud cheklovlar sharoitida chet el fuqarolarini mamlakat hududiga olib kirish uchun asos sifatida foydalanish maqsadida soxta tibbiy hujjatlarni tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.
Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qo‘lga olindi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan guruhni qo‘lga olish davomida 1000 dan ortiq PZR ma’lumotnomasi blanklari, 400 dan ortiq to‘ldirilgan chaqiruv-ma’lumotnomalari, 3 mln rubldan ortiq miqdordagi Rossiya rubli va chet el valyutasi, shuningdek, soxta hujjatlarni sotib olmoqchi bo‘lgan chet ellik mijozlar bazasi daliliy ashyo sifatida musodara qilingan.