TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘plab jahon siyosatchilari singari nega koronavirusga qarshi omma oldida va kamera qarshisida emlanmaganini tushuntirdi.
“Biz siz bilan birovga ko‘r-ko‘rona taqdid qilishimiz kerakmi? Kimdir qayerda qanday qilayotganidek qilishimiz shartmi? Yo‘q bo‘lsa kerak”, - dedi Putin “Rossiya 1” telekanali efirida.
Rossiya rahbari emlash hatto kameralar qarshisida o‘tgan taqdirda, shrips ichida aslida har qanday narsa bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
“Agar kimdir bunday darajada biror bir narsani soxtalashtirmoqchi, biror kishi aldamoqchi bo‘lsa, buni qilish qiyin emasku axir. Bu ukolni ko‘rsatish, aslida esa boshqa narsani olishi mumkin, bilmadim, istalgan narsani – kefir, biror bor apelsin sharbati. <...> Hazillashapman, albatta, shunchaki vitaminlar. Fikrimcha, bu jiddiy emas”, - deya qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya yetakchisi 23-mart kuni koronavirusga qarshi emlangan edi. U vaksinaning birinchi dozasini olgan, ikkinchisi uch haftadan so‘ng kiritiladi.
Putin aynan qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum qilinmagan. Rossiya esa o‘zining bir emas uchta vaksinasi ega. Putin “Sputnik V”, yoki “EpiVakKorona”, yoki “KoviVak” bilan emlangan. U Rossiyaning har uchala vaksinasi samarali, ishonchli va xavfsizligini ta’kidlagan.