Moskvadagi Jahon kubogida o‘zbekistonlik sambochilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi

Sambo bo‘yicha A.A.Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogida o‘zbekistonlik sambochilar 9 ta medalga ega chiqishdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 24-26 mart kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha A.A.Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogi tashkil etildi. Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi sambochilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik sambochilar 9 ta medalga ega chiqishdi. Cportchilar turnir davomida 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Jahon kubogida Bahodir Bakiyev va Ixtiyor Eshmurodov oltin medalni O‘zbekistonga taqdim etdi.
Homidjon Mo‘minov, Dilshod Choriyev, Hakimjon Ismoilov, Sabina Davlatova, Husniddin Husanov va Oybek Soliyev kumush medal bilan taqdirlandi.
Sherzodbek Ismoilov esa bronzaga ega chiqdi.
“Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz musobaqada umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi”, - deyilgan xabarda.
Bu borada birinchi o‘rinni Rossiya, uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston terma jamoalari band etishdi. O‘zbekistonlik jangovar sambochilar esa Rossiya va Qozog‘istondan so‘ng umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi.