TOShKENT, 27 mar - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda toshdan (marmar ishlab chiqarishdan qolgan mayda toshlardan) olinadigan noyob qog‘oz tobora ommalashmoqda.
"Bir tonna mahsullot ishlab chiqarish uchun bitta ham daraxt kesilmaydi, bir gramm ham suv ishlatilmaydi. Tosh (80%) va polimerlar(20%)dan foydalaniladi. Shu bilan birga, sellyuloza qog‘ozdan sifat jihatdan farqi juda katta bo‘ladi. Sababi, toshdan ishlab chiqarilgan qog‘oz suvda ivimaydi, yirtilmaydi, juda mustahkam va yaroqlilik muddati ham ancha uzoq", – noyob qog‘ozning afzalliklari haqidagi savolga Fergana stone paper O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi rahbari o‘rinbosari Jasur Niyozov xuddi shunday javob beradi.
Toshdan olinadigan qog‘ozdagi yozuvlar uzoq vaqt davomida saqlanadi (o‘chmaydi) va u allergik reatsiyalar keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari, qog‘ozga suv ostida ham yozsa bo‘ladi.
Tan narxi ham oddiy qog‘ozga nisbatan bir necha barobar arzon.
Bunday qog‘oz poligrafiya ishlarida, eksport mahsulotlarini qadoqlashda foydalanishda, gulqog‘ozlar ishlab chiqarishda juda qo‘l keladi. Qolaversa, mahsulot uchun xom-ashyo o‘zimizda, O‘zbekistonda juda ko‘p - 100% mahalliy mahsulot, deydi faxr bilan suhbatdosh.
Na ferganskom predpriyatii nalajeno proizvodstvo kamennoy bumagi
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Albatta, suhbatdoshning faxrlanishiga sabab bor. Farg‘onadagi toshdan qog‘oz ishlab chiqaradigan ushbu korxona MDH maydonida yagona bo‘lgani uchun, bugungi kunda bu zavodga Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Kanadadan katta qiziqish bildirilmoqda.
Korxonadagi ishlab-chiqarish Xitoydan olib kelingan noyob texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda yiliga 9 ming tonna qog‘oz ishlab chiqariladi.
Na ferganskom predpriyatii Fergana stone paper nalajeno proizvodstvo 9 tisach tonn kamennoy bumagi v god
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Ma’lumot uchun: jahon qog‘oz sanoatining ehtiyojlari uchun har yili 1 000 000 kvadrat km dan ortiq o‘rmon kesiladi. Taqqoslash uchun, Misrning maydoni 1010 000 km². Bunga ulkan energiya xarajatlari va zaharli chiqindilarni qo‘shing va biz ulkan uglerod iziga ega bo‘lamiz. Shu bois, toshdan olinadigan qog‘ozga kelajak uchun amalga oshiriladigan eng yaxshi investitsiya sifatida qarash lozim.