TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Rossiya agrosanoat xoldingi - "EKO-kultura" 2024-yilga kelib O‘zbekistonda yangi issiqxona majmuasini qurib bitkazadi. 2021-yilning iyulida obyektning ilk navbatini ishga tushirilishi rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya.
Xabarda aytilishicha, majmua Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 150 gektar maydonda joylashadi. U yerda yiliga uzluksiz ravishda pomidor yetishtirish mumkin bo‘ladi.
Butun majmuani qurib bitkazish uchun kiritiladigan investitsiyalarning umumiy hajmi — taxminan 15 milliard rublni tashkil etadi.
Qurilish tugaguniga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ulushi qishloq xo‘jaligi xoldingining umumiy ishlab chiqarish hajmining 12 foizini tashkil etishi rejalashtirilgan.
Ishni 2024-yilgacha to‘liq yakunlash rejalashtirilgan: bu vaqtga kelib u yerda yiliga 80 ming tonnadan ortiq pomidor yetishtiriladi.
"Ishlab chiqarish quvvatining oshirilishi agroxoldingga pomidorlar bilan nafaqat RF aholisini, balki Fors qo‘ltig‘i va Osiyo ahlisini ta’minlash imkonini beradi”, - deya tushuntirdi kompaniya vakili.
"EKO-kultura" agrosanoat xoldingi — RFning eng yirik sabzavot yetishtiruvchilaridan biri sanaladi. Kompaniya Stavropol o‘lkasi, Leningrad, Tula, Lipesk va Voronej viloyatlarida 300ga yaqin yuqori texnologiyali issiqxonalarga ega.
Asosan – pomidorlar, bodring va salat bargini yetishtirish bilan shug‘ullanadi. 2025-yilga kelib issiqxonalar maydonini 1 143 gektarga oshirishni rejalashtirgan.