Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Ulukbek Maripov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. 25-26 mart kunlari Qirg‘iziston bosh vaziri Ulukbek Maripov O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
Maripov respublikalar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, u Toshkentdagi “Texnopark” majmuasi, IT-Park, “Crafers” va “Ardent Foods” fabrikalariga, “Golden Moon” hamda “Orient Ceramic” zavodlariga boradi.
Dori-darmon: Japarov Qirg‘izistonda o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma korxonasini ochishni taklif qildi
Qolaversa, Qirg‘izistonning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosiga tashrif buyurish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11-12 mart kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.