O‘zbekistonda rekreatsion ko‘l hududlari tashkil etiladi

“O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Loyihada Jizzax va Navoiy viloyatlarining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subektlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turizm infratuzilma obektlarini barpo etish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirish nazarda tutilmoqda.
Jumladan, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida rekratsion ko‘llar hududi tashkil etilishi nazarda tutilmoqda;
Navoiyda zamonaviy plyaj ochiladi
Hujjatga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘li rekratsion ko‘llar hududida turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va ushbu hududda turizm xizmatlarini rivojlantirish dasturi ilova qilingan.
Ayni paytda Arnasoy, Zafarobod va Forish tumanlari hududida 45 ta zamonaviy mehmonxona hamda 150 ta mehmon uylarini tashkil etish rejalashtirilgan. Sayyohlarning hududda uzoqroq muddat qolishini ta’minlash maqsadida milliy urf-odat va an’analar, to‘y-marosimlar, ko‘ngilochar tadbirlar namoyish etish, tabiatga, shuningdek, madaniy-tarixiy maskanlarga sayohatlar uyushtirish rejalashtirilgan.