“Birgalikda javob qaytaramiz”: NATO Rossiyadan tashqari yana kimni tahdid deb biladi

Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi asosiy tahdidlarni aniqlashtirib oldi: kutilganidek, bu Rossiya va Xitoy. NATO mamlakatlari TIV rahbarlari barcha kuchlarini bu mamlakatlarni jilovlashga safarbar qilishga kelishib olishdi. “NATO-2030” yangi strategiyadagi xalqaro terrorizm – allaqachon asosiy xavf emas. Yaqin yillarda g‘arb harbiy-siyosiy bloki yana nimalar bilan shug‘ullanishini RIA Novosti o‘rgandi.

Kechikkan mehmon

Entoni Blinkenning Yevropaga NATO mamlakatlari TIV rahbarlari yig‘ilishiga birinchi tashrifini “brusselcha kuzatishlar” deb nomlashdi. Bunga qadar AQSh davlat kotibi bilan pandemiya tufayli onlayn muloqot qilishardi. Lekin shaxsan uchrashish, yevropalik amaldorlarning fikricha, hamkorlik munosabatlar mustahkamligini tekshirishdir. Blinken qarshilik qilmadi: “G‘arb jamoasi” poytaxtini qishdayoq rejalashtirgandi, biroq safar qoldirilgandi.
Davlat kotibi lavozimiga kirishib, u zudlik bilan Yaponiya va Janubiy Koreyaga safar qildi. Yevropalik ittifoqchilar tushunishardi: Bayden davrida Osiyo yo‘nalishi AQSh tashqi siyosatining ustuvori bo‘lib qoladi. Shunday bo‘lsada amerikalik amaldorni tezroq ko‘rishga umid qilishardi. Ustiga ustak yangi ma’muriyat Oq uyga kirar-kirmas, transatlantik munosabatlarni tiklashishini e’lon qildi. Donald Trampni esa, aksincha, YeI bilan buzilgan munosabatlar uchun doim tanqid qilishardi.
Forbes AQShning Rossiya va Xitoy tanklarini yo‘q qilish rejasini ochiqladi
Brusselda davlat kotibi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan suhbatlashdi va ittifoqchilar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Kun tartibidagi asosiy mavzu – Shimoliy Antantika alyansining 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi, fevral oyida esa NATO mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlari unga tuzatish kiritishgandi. Endi esa tashqi ishlar vazirlarining navbati. Ular hujjatni muvofiqlashtirsa, alyansning har yilgi sammitida davlat rahbarlarnini uni ma’qullaydi va amalga oshirishni boshlaydi.
Sammit sanasi hozircha belgilanmagan, biroq bahor oxiriga qadar uchrashishga umid qilishmoqda.

NATOning yangi o‘n yilligi

Yangi strategiyani hozircha tasdiqlashmagan va eskidan qo‘llanishmoqda. Uni 2010-yil Lissabonda qabul qilishgan, lekin, aksariyatning e’tirofiga ko‘ra, “u umidsiz eskirgan”. Amaldagi hujjatda Moskvani alyansning strategik hamkor deb atashlari ittifoqdoshlarga ma’qul kelmayapti. U yerda 2014-yildan so‘ng yuzaga kelgan siyosiy voqelik ham aks etmagan – natochilar buni “Qrimning Rossiyaga tarkibiga noqonuniy o‘tganini” tushunishadi.
“NATO-2030” strategiyasida Rossiyani asosiy harbiy tahdidga qo‘shishdi. Ittifoqdoshlar Qora dengizdagi bo‘lishlarini kengaytirish niyatida – bu “Qrimda Rossiya harbiy kontingening ko‘payganiga” javob. Brusseldagi uchrashuvda alyans TIV rahbarlari so‘nggi yillarda sharqdagi tahdidlardan ogohlantirish uchun mudofaa salohiyatini oshirishganiga ishontirishdi.
NATO kemalari Odessa portiga kelishdi
“Rossiyani jilovlab turish uchun NATO keng ko‘lamli jamoaviy mudofaa sa’y-harakatlarini o‘tkazdi. Aniq bilib olishimiz shartki, birgalikda Moskva xatti-harakatlariga javob berapmiz”, - dedi Stoltenberg TIV rahbarlari bilan uchrashuvda. Shu bilan birga u alyans Rossiya bilan muloqotga ochiqligi, lekin “qattiq jilovlash va mudofaa” uyg‘unligida ekanini qo‘shimcha qildi.
Tashqi siyosiy idoralari rahbarlari NATOning Lissabon strategiyasida Pekinning o‘sib borayotgan harbiy salohiyati haqida deyarli hech nima deyilmaganini ham ta’kidlashdi. Hozirgi voqelik shunaqaki, “Xitoy omili – transatlantik birdamligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid, deya qayd etishdi ular. Yangi strategiyada XXR Rossiya bilan bir qatorda xavfsizlikning asosiy tahdidiga kiritilgan.
Blinken kuchayib borayotgan Xitoy Yevropaga qaraganda ko‘proq AQShni xavotirga solishini tan oldi. “Vashington ittifoqdoshlarni XXRga nisbatan “biz yoki ular” tanloviga majburlamaydi. Mamlakatlar o‘zaro manfaatli sohalarda Pekin bilan ishlashlari mumkin”, - dedi Blinken Brusselda.

Yakunlangan ish

Qora dengiz mavzusi “NATO-2030” strategiyasida nafaqat Rossiya tahdidi tufayli aks etgan. Alyansning diqqat markazida – Qora dengiz mintaqasidagi asosiy ittifoqdosh, Turkiya bilan aloqalarni tiklash.
Davlat kotibi Brusselga kelib, birinchilar qatorida turkiyalik hamkasbi bilan uchrashdi. Munozara nozik mavzulardan boshlandi. Anqaraning Rossiyaning S-400 tizimlarini xarid qilgani AQSh va Yevropadagi ittifoqdoshlarning noroziligini keltirib chiqarmoqda. Blinken Mevlyut Chavusho‘g‘li bilan suhbatni shundan boshladi.
“Davlat kotibi Turkiyani Rossiya S-400 zenit-raketa tizimlarni qoldirmaslikka chaqirdi”, - dedi muzokaralar yakuniga ko‘ra amerika idorasi matbuot kotibi Ned Prays.
AQSh yangi davlat kotibi Turkiyani S-400dan voz kechishga chaqirdi
Chavusho‘g‘li ham izoh berdi. U Anqari Rossiya tizimlarini unga juda muhtoj bo‘lgan paytida xarid qilganini eslatdi. Hozir Turkiya hukumati buni qayta ko‘rib chiqmoqchi emas.
“Rossiya bilan bizning murakkab mavzularimiz bor, biz kelishib olamiz va yuzaga kelgan ixtilofni hal qilamiz. Lekin S-400 shartnomasi – yakunlangan ish”, - deya xulosa qildi Chavusho‘g‘li.

Sanksiyaviy do‘stlik

NATO mamlakatlari TIV rahbarlari “Shimoliy oqim-2” quvuri qurilishini ham muhokama qilishdi. Blinken amerikaliklar loyihaning yakunlanishidan manfaatdor emasligini aytdi va uning ishtirokchilariga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi.
“Gaz quvurining qurib bitkazish va sertifikatsiyasiga doir har qanday faoliyatni diqqat bilan kuzatamiz. Bu ro‘y bersa, cheklov choralarini qabul qilishda qat’iylik namoyon etamiz”, - dedi Blinken.
Biroq yevropalik ittifoqdoshlarning hammasi ham uning fikriga qo‘shilmadi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas nemis hukumati va biznes qurilish yakunlanishiga umid bildirayotganini eslatdi.
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi
Uchrashuv ishtirokchilari Tramp davrida munosabatlarni yomonlashtirgan muammoni ham chetlab o‘tishmadi – NATO jamoaviy mudofaasi xarajatlari. AQSh davlat kotibi Amerikaning hozirgi ma’muriyati ittifoqdoshlardan umumiy ishga ko‘proq hissa qo‘shishini kutayotganini inkor qilmadi. Stoltenberg YeI mamlakatlari asta-sekin budjetning tegishli moddasini ko‘paytirayotganiga ishontirdi. Ammo munozarani chuqurlashtirib o‘tirishmadi, bir-birlarining so‘zlariga ishonishdi.

“Bayden bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish”

“NATO a’zolari AQShning yangi ma’muriyati jipslashishga va Tramp davrida yuzaga kelgan muammolar hal qilinishiga ko‘maklashishiga umid bildirmoqda. Lekin Amerikaning yangi yetakchisi undan oldingilarning merosidan to‘liq voz kechishi dargumon. Ehtimol, alyansning barcha ishtirokchilari blokning mudofaa hamoniga YaIMning ikki foizini kiritishlari shart deb turib oladi. Blinken bunga ishora qildi”, - deya Brusseldagi uchrashuv yakunlarini izohladi Xalqaro ishlar bo‘yicha Rossiya kengashi bosh direktori Andrey Kortunov.
Siyosatshunos NATOning Rossiya bilan muloqotni tiklash uchun istiqbollarini ko‘rmaydi. U munosabatlar faqat taranglashadi deb hisoblaydi. Shu bilan birga u aniqlik kiritadi: “Moskvaning xalqaro muammolarning keng qatoriga jalb qilinganini inobatga olib, alyans muloqotni e’tiborsiz qoldirolmaydi. – hech bo‘lmasa harbiy darajada”.
Kortunov NATO Qora dengiz mavzusini Ukraina bahonasida ham oldinga surapti deb o‘ylaydi.
Qrimga e’tibor. Bayden davrida NATO rejalari qanday o‘zgarmoqda
Qrim muammosi – muhim, lekin NATOning Qora dengizda kuchayishining yagona maqsadi emas, deb ishonadi Orxan Gafarli, Anqaradagi Siyosiy tadqiqotlar markazi eksperti. “Alyans Turkiyani qaytarish uchun Qora dengizda mustahkamlanishi zarur. Hozir NATO va Anqari ko‘p masalalar yuzasidan bir-birining fikriga qo‘shilmaydi. Biroq har ikki tomon tushunadi – hamkorlik qilish darkor”.
Gafarli NATO Turkiya va YeI mamlakatlariga o‘zaro ixtilofni yumshatishga imkon beradi deb hisoblaydi. Shu bilan bir paytning o‘zida Anqaraga Gretsiya, Kipr yoki Fransiyaning xatti-harakatlarini bloklashga yordam beradi, agar ularda Turkiyaga qarshi harakat bo‘lsa.
Ekspertlar natochilar uchun hozir asosiysi Baydan bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish degan fikrni bildirishmoqda. Har yil davlat rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan sammit esa birinchi sinov bo‘ladi.