TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda RIA Novostiga uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Putin koronavirusga qarshi emlandi. O‘zini yaxshi qilyapti. Ertaga (24 mart – tahr.) uning to‘liq ish kuni bo‘ladi”, - degan Peskov.
Rossiya yetakchisi 22-mart kuni hukumat a’zolari bilan emlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda emlanish rejalarini haqida ma’lum qilgan edi.
Dmitriy Peskov Rossiya rahbari mamlakatda ishlab chiqarilgan vaksinalardan biri bilan emlanishini bildirgandi. Rossiya koronavirusga qarshi o‘zining uch vaksinasiga ega: “Sputnik V”, “Epikvakkorona” va “KoviVak”.