TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Vyetnam koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi “Sputnik V”ni ro‘yxatga oldi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi xabar qildi.
Vaksina tezlashtirilgan tartib doirasida (emergency use authorization, EUA) ro‘yxatga olingan.
90 milliondan ziyod aholiga ega Vyetnam “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergan 56 mamlakat bo‘ldi.
Shu tariqa, “Sputnik V” umumiy aholisi 1,5 milliarddan ziyod bo‘lgan mamlakatlarda ma’qullangan. Davlat regulyatorlari tomonidan ma’qullanish bo‘yicha “Sputnik V” dunyoda ikkinchi o‘rinda.
Fevral oyining boshida obro‘li tibbiyot jurnali “Lancet” ilmiy jurnali “Sputnik V” vaksinasi klinik sinovlarining 3-bosqich natijalarini e’lon qildi. Unda vaksina 91,6% samaradorligi isbotlagan.