Jahon kubogi: o‘zbek sambochilari Moskvaga jo‘nab ketishdi

Moskvada Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogi tashkil etiladi
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 24-26 mart kunlari Moskvada sambo sport turi asoschilaridan biri Anatoliy Arkadiyevich Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogi tashkil etiladi.
Musobaqada O‘zbekiston sambo terma jamoasi ishtirok etadi.
Bugun, erta tongda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi rahbari Alisher Alimov boshchiligidagi delegatsiya musobaqada ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
Murabbiylar: Roman Shakirov, Jahongir Qoraboyev, Yekaterina Bliznetsova.
O‘zbek kurashchilari Ukrainada 11ta medal qo‘lga kiritishdi
Sportchilar: erkaklar: Muhammadnozim Shukurov, Husniddin Husanov, Ixtiyor Eshmurodov, Dilshod Choriyev, Tohir Asrorov, Homidjon Mo‘minov.
Ayollar: Sabina Davlatova, Gulnoza Ziyayeva, Shohista Amirova, Musharraf Ibodullayeva
Jangovar sambo:Sohibjon Hasanboyev, Sherzodbek Ismonov, Bahodir Boqiyev, Hakimjon Ismoilov, Oybek Soliyev, San’atbek Ismonov.