TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkentda haydovchi ikki ayolni urib yubordi. Ulardan biri natijada vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
Hodisa 18-mart kuni taxminan soat 18:30 larda Mirobod tumanidagi Zarafshon va Islom Karimov ko‘chalarining kesishmasida ro‘y bergan. 32 yoshli “Spark” haydovchisi yo‘lni piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tayotgan piyodalar 30 yoshli B.R. va 23 yoshli N.A.ni urib yuborgan.
Ikkala piyodalar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 20-mart kuni piyodalardan biri B.R. muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.