Toshkentda bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish 20 foizga ko‘paydi – Otabekov

O‘tgan yilgi Toshkent shahridagi umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 25 foizdan ortib ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkent shahrida bolalarning koronavirus bilan kasallanishi ulushi ortapti. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun karantin qoidalarini o‘tgan yilgidek qat’iy va keskin darajada qayta tiklashga biror asos yo‘q. Sababi kasallanish ko‘rsatkichlari so‘nggi 3 oy ichida past darajalarda bo‘lib kelgan. Hozir birmuncha yuqori bo‘lsa ham, bu karantin cheklovlarini kuchaytirishga asos bo‘ladigan darajada emas.
Negaki kasallanish Toshkent hududi ko‘proq qayd etilayapti. Bu hududda ham bolalar ulushi ortapti. O‘tgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 25 foizdan ortib ketdi.
Nurmat Otabekov
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari
Otabekov shuning uchun ham Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi maktablar ta’limi onlayn tartibiga o‘tkazilganini ta’kidladi. Hozir ta’til davom etayapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqalish zanjirini uzishga muvaffaq bo‘lishni rejalashtirilgan.
“Mabodo vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, ta’tillar muddatini uzaytirish masalasini o‘ylab ko‘ramiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Toshkentda COVID-19 keng tarqalishi sabablari sanab o‘tildi
SVV vakili karantin hali bekor qilinmagani, eng muhim va birlamchi himoya usullari hamon amalda ekanini eslatdi.