“So‘x voqeasi” ishtirokchilariga jazo tayinlandi

“So‘x voqeasi”ning ikki nafar ishtirokchisi 5-yilga qamaldi. Qolganlari 5, 4 va 2-yil muddatga ozodlikdan cheklandi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Farg‘ona viloyat sudida 22 nafar “So‘x voqeasi” ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan sudning 2021-yil 18-martdagi hukmiga ko‘ra, barcha sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
So‘xdagi ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 6 kishi qamoqqa olindi
“So‘x voqeasi”ning ikki nafar ishtirokchisiga 5-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Qolganlariga 5, 4 va 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazolari tayinlangan. Sud ularga jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llagan.
Jinoyat oqibatida Farg‘ona viloyat IIB foydasiga yetkazilgan 9 mln 996 ming 341 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 31-may kuni O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan edi.