O‘zbekiston va YeOII

Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

5 aprel kuni Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha vazirlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 5 aprel kuni Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha vazirlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiya (YeIK) raisi yordamchisi Iya Malkina ma’lum qildi.
"5 aprel kuni" Innoprom" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Toshkentda YeOII sanoat siyosati bo‘yicha vazirlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda YeIK sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Artak Kamalyan ishtirok etadi", - dedi Malkina brifingda.
Iya Malkina
YeIK raisi yordamchisi
Uning so‘zlariga ko‘ra, farmatsevtika, aviatsiya sanoati sohasidagi hamkorlik istiqbollari, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
"Tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakillari ham taklif etildi", - dedi Malkina.
O‘zbekiston 2020-yil dekabridan beri YeOIIda kuzatuvchi-davlat. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqom "respublikaning Ittifoq meyoriy-huquqiy bazasiga, shuningdek YeOII doirasidagi loyihalar va dasturlarga ham avtomatik qo‘shilishini nazarda tutmaydi", ammo bu "Ittifoqni o‘rganish uchun yaxshi imkoniyat" beradi.
Hozir YeIK va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, shuningdek 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi tayyorlanmoqda.
“Hujjatlar yaqin kunlarda imzolanadi”, - dedi YeIK vakili.