TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya o‘z manfaatlari himoya qilishi bilan AQShning hisoblashishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim va Sevastopol aholi bilan onlayn muloqot davomida ma’lum qildi.
Biz, garchi ular bizni ular singari deb o‘ylashsa, lekin biz boshqa odamlarmiz. Bizning genetik va madaniy-axloqiy kodimiz boshqa. Biroq biz o‘z manfaatlarimizni himoya qila olamiz. Va biz ular bilan ishlaymiz. Lekin o‘zimiz manfaatdor bo‘lgan sohalarda. Va biz o‘zimizga foydali deb hisoblagan shart-sharoitlarda. Ularning bu bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi
Rossiya yetakchisi sanksiyalarga qaramasdan AQShning bu bilan hisoblashiga to‘g‘ri kelishini yana bir bor takrorladi.
“Rivojlanishimizni to‘xtatish qaratilgan barcha urinishlarga qaramasdan ularning bu bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi. Sanksiya, haqoratlarga qaramasdan. Ularning bu bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi”, - deya ta’kidladi Putin.