O‘zbekiston mart oyida Gana va Iroqqa qarshi maydonga tushadi

O‘zbekiston 25-mart kuni Gana, 29-mart kuni esa Iroqqa qarshi bahs olib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22—30 mart kunlarida o‘tkaziladigan yig‘inda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gana va Iroq vakillariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
O‘zbekiston 25-mart kuni Gana, 29-mart kuni esa Iroqqa qarshi bahs olib boradi.
Kecha terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashi o‘yinlari uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydigan yig‘inga 29 nafar futbolchini jalb qilgan edi.
Futbolisti, kotorie vizvani v sbornuyu Uzbekistana